Ajoyib landshaftlar va toza tog‘ havosi, flora va faunaning xilma-xilligi, qadimiy ziyoratgohlar va noyob milliy sihatgoh - bularning barchasi Zomin.
Eng mashhur diqqatga sazovor joylar
Zominda nimani ko‘rish mumkin? ✔️ Katta hududda joylashgan Zomin davlat tog‘ archa qo‘riqxonasi va uning tarkibiga kiradigan Baxmal o‘rmon xo‘jaligi, Zomin o‘rmon xo‘jaligi, umumiy maydoni 26840 ga. teng bo‘lgan Zomin milliy tabiiy bog‘i; ✔️ Kristall ko‘llar Nurota tizmalari o‘zining janubiy, qisman g‘arbiy va vohasining bir qismini o‘rab, moʻtadil iqlimni taʼminlaydi, shuningdek, mintaqaning shimolidagi Aydar-Arnasay ko‘llar tizimiga relyef va tabiiy go‘zallikning o‘ziga xosligini beradi; ✔️ Milliy sihatgoh - "Zomin" sanatoriysi Zomin milliy bog‘ida dengiz sathidan 2 ming metr balandlikda “Zomin” sihatgohi joylashgan. Eng toza havo, tog‘li landshaftlar, ignabargli o‘simliklar - bularning barchasi kattalar va bolalarga tibbiy muolajalar o‘tqazish uchun eng yaxshi sharoit hisoblanadi. ✔️ Qadimiy ziyoratgohlar va Parpi Oyim majmuasi.